Image default
Таълим

LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI O‘RGANAMIZ BURCHAGI

O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga qariyb 30 yil to‘layotgan bo’lsada, lekin lotin yozuvida hali o’rganishimiz kerak bo’lgan bir nechta omillar mavjudligini inkor etib bo’lmaydi. Hozirda ikki yozuvli alfavitdan foydalanayotganimiz sababli, lotindan kirillga yoki aksincha kirilldan lotinga harflarni o’girganda, ayrim kamchiliklar ko’zga tashlanmoqda. Bu esa lotin tilida e’tibor qaratiladigan va o’rganilishi lozim bo’lgan holatlar mavjudligini ko’rsatmoqda.
Xususan, buni 1940-yilda joriy qilingan kirill alifbosi orqali o‘zbek tiliga “ц” harfning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida qanday yozilishi misolida ko‘rib chiqamiz.

  • agar “ц” harfi so‘z orasidagi unli harflar orasida kelganda “ts” shaklida yoziladi (конституция – konstitutsiya, доцент – dotsent, акация – akatsiya);
  • agar “ц” harfi so‘z orasida undosh harf bilan unli harflar orasida kelsa “s” shaklida yoziladi, (концепция – konsepsiya, акция – aksiya, концерт – konsert);
  • agar “ц” harfi so‘zning boshida yoki so‘zning oxirida kelsa “s” shaklida ishlatiladi (циркуль – sirkul, цирк – sirk, герц – gers, abzas – abzas);
  • istisnoli holatlar (антициклон – antisiklon, эпицентр – episentr, геоцентрик – geosentrik). Ushbu misollardagi “ц” ikki unli orasida turgandek ko‘rinadi, lekin bu yerda nozik bir narsa bor. Bu so‘zlarning o‘zagiga e’tibor qilinsa, “siklon”, “sentr”, “sentrik” so‘zlarining o‘zagi, “anti”, “epi” va “geo” esa old qo‘shimcha, ya’ni prefiks deb qaraladi. Shuning uchun bu o‘rinlarda “ц” harfini ikki unli orasidagi emas, balki so‘z boshidagi deb qarash kerak.
    Tilga yangi so‘zlar doim kirib keladi, o‘zlashadi, ba’zisi esa chiqib ketadi. Shulardan biri – пицца. Italyan va boshqa yevropa tillarida boshqa shaklga ega. Biz rus tili orqali qabul qilganimiz sababli kirill yozuvida ikkita “цц” bilan yozamiz. Lekin talaffuzda “ts” deb aytamiz. Shunday ekan, o‘zbek lotin alifbosida birgina “t” va “s” bilan yozish kifoya: pitsa.
    Unutmang, 2023-yil 1-yanvardan boshlab “Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish” belgilangan.

M.Shanayev,
shahar hokimining
Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi.

МАВЗУГА ОИД

ЎҚИТУВЧИНИНГ МУЛОҚОТГА КИРИШУВЧАНЛИГИ -МУВАФФАҚИЯТ ОМИЛИ

admin

KONTRAKT MIQDORLARI OSHIRILDI

admin

«ИПАК ЙЎЛИ ИННОВАЦИЯЛАР» УНИВЕРСИТЕТИ 2023-2024 ЎҚУВ ЙИЛИ УЧУН ҚАБУЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА

admin

ЎҚИТУВЧИЛАРНИНГ ОЙЛИГИНИ ЭМАС, САВИЯСИНИ ОШИРИШ КЕРАК

admin