
7-umum ta’lim maktabi
8-a sinf o’quvchisi.
BAYROG’IM
Ko’kda bayroq yerda ona tuprog’im,
Ikkisi ham jonimdek, azizdir menga,
Biri yurtim sh’ani, oridir mudom,
Biri kindik qonim to’kilgan makon.
Yurtim bayrog’ida sha’nim, orim bor,
Aytsam, ado bo’lmas qalbdadir madhim.
Asrlar domiga bardosh etolgan,
Soflik, poklikdadir azizdir sadhim.
Ehtiyoj yo’qdir ortiqcha so’zga,
Umrimni baxshida etayin unga.
Jaloliddin bo’lay, Shiroqdek qo’rqmas,
Temurdek ardoqlab, yurtim koriga.
Azizlar, yurtimning tuprog’i oltin.
Ko’zimga surtgudek, sajdagohimdir.
Bildimki, umrimning har dami uchun
Bayrog’im hamisha hilpirab turgin!