Image default
Шеърий саҳифа

“SOG‘INDIM”

Pardaboy Ernazov,
“Ammofos-Maxam”AJ
Bug‘ qozon sexi chilangari.

“SOG‘INDIM”

Uzoq manzil ko‘zlab yo‘lga chiqqanimda,
Oq yo‘l tilab qolganlarin sog‘indim.
Oq yo‘l tilab ko‘z yoshin to‘kkan-ey,
Mehribon onajonimni sog‘indim.

Go‘daklik chog‘imdan parvarish etgan,
Ilk qadam qo‘yishni menga o‘rgatgan.
Tunda alla aytib uyqudan kechgan-ey,
Mehribon onajonimni sog‘indim.

Bolalik davrimdir sho‘xlik beayov,
Onamni qalbini pora etardim.
Ne gunoh qilsam ham gunohim kechgan,
Mehribon onajonimni sog‘indim.

Dard cheksam boshimda parvona bo‘lgan,
Bolajonim deya dil pora bo‘lgan.
Hattoki jonini bermoqchi bo‘lgan,
Mehribon onajonimni so‘g‘indim.

МАВЗУГА ОИД

ВАТАН УЧУН ЯШАЙЛИК

admin

Bahor

admin

Ёзги таътил

admin

Yuksaklarda tursin hilpirab

admin