(«OITSga qarshi kurashish» kuniga bag’ishlanadi)
Kitobni doim do‘st bilganlar,
Ota-ona so‘ziga quloq tutganlar,
Vatanimga foydam tegsin deganlar,
Yomon yo‘lga kirmaydilar hech,
Zaharni og‘ziga olmaydilar hech.
Nima foyda bor giyohvandlikdan,
Ortiqroq baxt bormi go‘zal hayotdan,
Hali ham kech emas vijdoningchun,
Keyin qaytishga bo‘lmas hech imkon.
Og‘zingga olganda o‘sha zaharni,
Ko‘z oldingga keltir ota-oangni,
Yo‘linga termulgan farzandlaringni,
O‘zingdan sovutib qo‘ymagin inson,
Zaharni og‘zingga olmagin inson,
Allohni norozi qilmagin, inson,
Jaholat yo‘liga kirmagin, inson.
Dilobar Islomjonova,
20-maktabning 7-sinf o‘quvchisi.