Image default
Шеърий саҳифа

VATAN

O’zga yurtda sog’indim vatan,
Sen qalbimda har dam yashaysan.
Yurt sog’inchi bag’rimni o’rtar,
Qalbimdasan, ey, go’zal vatan.
Kindik qonim to’kilgan tuproq,
Jigarlarim, do’stlarim inoq.
Yurtimizni sog’indim o’rtoq,
Qalbimdasan, ey, go’zal vatan.
Vatan sotgan yig’laydi zor-zor,
Bevatanni Alloh qilar xor,
Har go’shangda taralsin alyor,
Kuy yarashar, senga hur vatan.
Ona yurtim muncha go’zalsan,
Ona yurtim betakrorimsan,
Tuproqlaring jannatga qiyos,
Qalbimdasan, ey go’zal vatan.

Shodlik Turanov,
bog’bon.

МАВЗУГА ОИД

Шеърият шайдолари

admin

ВАТАН УЧУН ЯШАЙЛИК

admin

Navro`z

admin

VATANGA FIDOIY POSBONLAR UCHUN

admin