Zo’ravonlik go’yo bir qora dunyo,
Bu yerda yomonlar yashar bemehr.
Bir-biriga qiladi zulm,
Hatto tig’siz ham o’ldirar o’zin.
Do’stim, zo’ravonlik yaxshi ish emas,
Savob ish emas-u, bir uyum gunoh.
Nima kerak bir-birin norozi qilib,
Zo’ravonlikdan chiq, kelgin biz tomon.
Bordur qonimizda bobolar izi,
Momolarim aytgan har shirin so’zi.
Keling zo’ravonlik qilmaylik, do’stim,
Xalqim tinchligini bildirsin o’zi.
Zahro Xikmatova,
2-umumta’lim maktabining
6-V sinf o’quvchisi