Image default
Ёднома

MAQTASHGA ARZIGULIK BARCHA TA’RIFLARGA MUNOSIB EDI

Azimboyev Olim Salimovich.Bu ismni eshitganlarning ko‘z o‘ngida darhol oq xalat kiygan tajribali shifokor, o‘z kasbining fidoyisi, yosh shifokorlarga chinakam ma’nodagi ustoz, bemorlarga o‘z yaqinidek muomala va munosabatda bo‘la oladigan inson keladi. Shahrimizning tibbiyot sohasiga beminnat hissa qo‘sha olgan salohiyatli kadrlardan biri edi u.
O‘ta samimiy, mehribon Olim Salimovich Abu Ali ibn Sino salomatlik texnikumida ishlagan kezlarida ham o‘qituvchilik qilish bilan bir qatorda, shifokor sifatida yoniga kelgan bemorlarni rad etmasdan, tekshirib qo‘yardi.
Biror kimsa bilan sen-menga bormagan, chiroyli hamsuhbat bo‘la oladigan inson edi. Tez yordam xizmatida ishlagan yillari davomida endi ishga kirgan yosh kadrlarning deyarli har biriga ustozlik qilgan. Sohaning eng mayda sir-asrorlarigacha o‘rgatar, o‘z bilimlarini yoshlardan ayamas, bemorlarga muomala qilishdan tortib, kasallik uchun qo‘yiladigan tashxislar va birinchi yordam ko‘rsatishning barcha qoidalarini erinmay tushuntira oladigan darajadagi beqiyos ustoz bo‘lgan.
2006 yildan buyon shahrimizda ishlab kelgan Olim Azimboyev bunga qadar Bo‘ka tumanida ham faoliyat yuritgan. Shahrimizga ishga o‘tgandan so‘ng ortidan Bo‘ka va Piskent tumanidagi bemorlarning barchasi izlab kelishardi. Ular hech bir bemorni rad etmasdan, qabul qilardilar. Ayniqsa, ahvoli og‘irroq bemorni tashlab keta olmaydigan darajada o‘z kasbiga sodiq edi.
Bugun samimiy ta’riflarning barchasiga munosib bo‘la oladigan bu inson oramizda yo‘q. Kasallik sabab Olim Azimboyev vafot etdi. Bu judolik shahrimiz Tibbiyot birlashmasi uchun ham katta yo‘qotish bo‘ldi. Bu insonning sohaga qo‘shgan hissasi uzoq yillar e’tirof etiladi. Shogirdlari va hamkasblari qalbida mangu yashaydi.
Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi jamoasi Olim Azimboyevning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

МАВЗУГА ОИД

СИЗ ДОИМ ҚАЛБИМИЗДАСИЗ!

admin

ФАЙЗИНИСО ОПАНИ ЁД ЭТИБ…

admin

УРУШ. НОМИНГ ЎЧСИН СЕНИНГ!

admin

ХАЙРЛИ ИШГА БОШ ҚЎШИБ…

admin