Image default
Шеърий саҳифа

Ota-onam

Ona, olib keldim sizga guldasta.
Mening kichik jonim bugun payvasta.
Oyoq ostingizga gullarni to’shay,
Kichik yuragimni men sovg’a aylay.

Qachon ko’nglingizni men yoritganman?
Dilda armoningiz qachon bilganman?
Otam bilan sizni baxtli etaman,
Sizlar yig’lasangiz ado bo’larman.

Mening tugab bitmas siz boyliklarim,
Hech kimga ishonmas ikki ko’zlarim.
Jannatga eltuvchi yorug’ yuzlarim,
Bu yolg’on dunyoda yolg’iz do’stlarim.

Bu qora ko’zlar bo’lsinlar omon,
Yaratgan Egam, ber menga imkon.
Qilayin ularni baxtli bir inson,
Ko’ngillarida qolmasin armon.

Odinaxon Akbarova,
10-umumta’lim maktabi
7- sinf o‘quvchisi

МАВЗУГА ОИД

GO’ZAL OPA SINGILLARIM

admin

Qalb me’morlari

admin

ВАТАН

admin

Vafodor ayol

admin