Onadir hayotda eng go‘zal inson,
Sadoqat timsoli vafodor ayol.
Qilib bizni duo, o‘qigan namoz,
Mehrin qaytarishga savobimiz oz.
U kechirar bizdan topsada ozor,
Yaxshi-yomon kunda yoningda tayyor.
Hamisha tirgakdir yomondan panoh,
Onamni doimo asragin Alloh!
Sochlari taramdir qoshlari qalam,
Tabassumin aksida butun bir olam.
Orzu kamolini farzandda ko‘rgan
Matonat timsoli, vafodor Ayol!
Begoyim O‘razqulova,
11-umumta’lim maktabining
9-“d” sinf o‘quvchisi