Azoblar hamrohing bo’lsa har soat,
Ishongan insoning qilsa xiyonat.
Yorug’ kunlar keladi ishongin faqat,
Yig’lama yuragim, sira yig’lama.
Dunyolarga to’lsa ham darding,
Hech bir inson bilmasa qadring.
Nohaqlikka kelsa ham qahring,
Yig’lama yuragim, sira yig’lama.
Qiynalganing bilmas do’st ham,
Og’ir kunda bermasa yordam,
O’ksinmagin bo’lgin sen bardam,
Yig’lama yuragim, sira yig’lama.
Bir kun kechsa sendan do’stu yor,
Yolg’on do’st ko’magiga bo’lmagin zor.
Muhabbatning arzonichun qilma o’zing xor
Yig’lama yuragim, sira yig’lama.
Yeb o’tirgan oshingdan chiqsa hamki tosh,
Yuzin bursa hattoki qavmu qarindosh,
Dardlaring aytishga topasan sirdosh,
Yig’lama yuragim, sira yig’lama.
G’iybat-u gap so’zdan cheksang ham ozor,
Aslo o’zing qiynama bo’lmagin abgor,
Bir jilmayib kulgin, degan Alloh bor
Yig’lama yuragim, sira yig’lama.
Jasmina Abdualiyeva,
14-umumta’lim maktabi
10-sinf o’quvchisi