Vatanim muqaddas jannat makondir,
Har goʻshasi pista, meva, bodomdir.
Shunday Vatanimga uluğ posbonlar,
Bor boʻling, ey uluğ yurtga qalqonlar!
Chegarada turar yovga qarshilar,
Tinim bilmay ishlar, yoʻq sokin tunlar.
Omon boʻling yurtga joni fidolar,
Mahsharni titratgan shahid oʻğlonlar!
Yurtga qalqon bu fidokorlar,
Joni omon boʻlsin bu qahramonlar.
Vatanni ardoqlar uluğ posbonlar,
Vatan uchun qasam ichgan oʻğlonlar!
Tinchlik uchun qancha oʻğlon,
Joni fido boʻlgan bu qahramonlar,
Sizni ardoqlaymiz uluğ posbonlar,
Joni omon boʻlsin, jon fidokorlar!
Sarvinoz Quvondiqova,
7-umumta’lim maktabi
10-«a»sinf o’quvchisi.