Image default
Таҳлил

Tahlilimdagi tavsiyalar

►Shukronalik bu-hayotning har bir onidan mamnun bo’ladigan inson
►Inson hayoti bu-daraxtga o’xshaydi, inson tug’iladi, o’sadi, unib, hayoti davomida rivojlanib boradi.
►Hayotda maqsad sari intiling, maqsadning o’zi manzilingizga yetkazib qo’yadi.
►Hayotda o’zingiz va o’z kuchingizga ishoning, ishonch sizni maqsad sari yetaklaydi.
►Hayotda farzandingiz tarbiyasiga befarq bo’lmang,
►Farzandingiz kelajagini o’zi yarata oladi, siz ota-onalar bunga imkon bering.
►Oilada farzandingizga do’stona munosabatda bo’ling.
►Farzandingiz tanlagan kasbni hurmat qiling, ularga yo’l bering, hayotda qoqiladi, surinadi, harakat qiladi va ular maqsadga intiladi.
►Baxtning kaliti bu — oila.
►Oila qo’rg’oni bu — ota.
►Oilaning oliy ne’mati bu — farzand.
►Farzandning birgina kulgusi — olamni kuldiradi.
►Hayotni qarichingiz bilan o’lchamang.
►Hayotda harakat qilishdan charchamang o’qing, izlaning, hayotning o’zi guldasta, o’zi meva tugadi, hosilini yig’ib terib olasiz.
►O’tayotgan har bir oningiz qadriga yeting.
►Hayot juda murakkab unda juda ko’p sir-sinoatlar ko’p
►Ertalab uyg’onganingizda tongni tabassum ila qarshi oling.
►Umr insonga bir bora beriladi. Shu berilgan vaqtdan unumli foydalaning.

Lobar Eshonqulova,
Olmaliq shahar 2-umumiy o’rta ta’lim
maktabi psixologi.

МАВЗУГА ОИД

“ТАРМОҚЛАР”ДА ТАРАЛАР ХАБАР

admin

УЯТ БЎЛСА ҲАМ, АЙТИШ КЕРАК…

admin

«ТЎРКУНЛАБ КЕТМОҚ» ЁКИ ТУРК, ТУРКИЙ АТАМАЛАРИ ҲАҚИДА

admin

Шунчаки таҳлил эмас,
бундан хулоса олиш керак, акс ҳолда…

admin