Image default
Таълим

BOBUR DILBAR SHAXS

Zahiriddin Muhammad Bobur dunyo tarixidagi eng buyuk shaxslardan biri. Sharq madaniyatining yetuk namoyandasi bo’lmish Boburni biz o’quvchilar yillar davomida ijodi, uning tarixdagi ulkan ezgu amallarini o’rgandik, o’zimiz uchun ibrat oldik.
Bugun esa Buyuk bobomizning shajarasi haqida ajoyib va qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.
Shoh va shoir ota tomonidan Amir Temurning uchinchi o’g’li Mironshoh Mirzo naslidan bo’lsa, ona tomonidan Tug’luq Temurxonning o’g’li Xizr Xo’jaxon naslidan uning yettinchi avlodi edi.

Mashhur sayyoh Berman Valiberi Bobur haqida:
Buyuk bobosini taxtini da’vo qilayotgan Bobur Mirzo o’sha vaqtda yosh yigit bo’lib, shahzodalarning eng aqllilaridan edi. Uni haqli ravishda sharq-u g’arbning eng sharafli insonlaridan desa arziydi. O’sha zamon sharqshunoslari ta’rifi bilan esa ,,Sharq Sezari» deb zikr etiladi.
J. Neru ,,Hindistonning kashf etilishi» asarida bobomiz haqida shunday yozgan edi: ,,Bobur dilbar shaxs. Uyg’onish davrining tirik hukmdori, mard va tadbirli odam bo’lgan. U san’atni, adabiyotni sevardi, hayotidan huzur qilishni yaxshi ko’rardi».
Yigirma bir yoshida Farg’ona mulki ham qo’ldan ketgach, Afg’on diyori, Qobulga yo’l oladi. Bu haqida qizi Gulbadan Begim shunday yozgan edi: hamrohlari, qarindoshlari bo’lib, jami 250 mingga yaqin kishi piyoda, yelkalariga chopon, oyoqlarida choriq bo’lgan holda, Hudoga tavakkal qilib, Badaxshon va Qobul tomonga yo’l oladi».
1508 yili Zahriddin Muhammad Bobur o’zini rasmiy ravishda Afg’oniston podshohi deb e’lon qildi.

Otasi tomonidan:

⸎1.Amir Temur ko’ragon (1336-1405)

⸎2.Mironshoh Mirzo (1366-1408)

⸎3.Sulton Muhammad Mirzo(1398-1444)

⸎4.Sulton Abu Said(1424-1469)

⸎5.Umarshayx Mirzo(1456-1494)

⸎6.Bobur(1483-1530)

Onasi tomonidan:

⸎1.Tug’luq Temurxon(1329-1362)

⸎2.Xizr Xo’jaxon(1358-1399)

⸎3.Muhammadxon(?-1416)

⸎4.Sharalixon(Taxtga ⸎chiqmagan)

⸎5.Uvaysxon(1418-1425)

⸎6.Yunusxon(1468-1487)

⸎7.Yunusxonning qizi ⸎Qutlug’ Nigorxonim (1457-1530)

⸎8.Bobur (1483-1530)

МАВЗУГА ОИД

ТАЪЛИМ СИФАТИНИ МИЛЛИАРДЛАР ҚУТҚАРАДИМИ?

admin

Таътил ва китоб

admin

ИПАК ЙЎЛИ ИННОВАЦИЯЛАР университети

admin

ЖАРАНГЛАСИН ҚЎНҒИРОҚ, ИЛМ ЙЎЛИДА УЗОҚ

admin