Mana ayoz qish oʻtdi,
Yogʻdi pag’a-pag’a qor.
Bugun qalbni yashnatib,
O’lkamga keldi bahor.
Ortga nazar tashlasak,
Qish ham oʻtdi gʻaroyib.
Bir kuni qor yogʻdi-yu,
Bir kuni boʻldi gʻoyib.
Asta daraxtlar shoxi,
Oʻzidan otdi kurtak.
Bahor soʻzin eshitsa ham,
Jimirlab ketar yurak.
Dalalarda, bogʻlarda,
Toʻshaldi koʻm-koʻk gilam.
Bu gilamni toʻshadi,
Uygʻonib tabiat ham.
Endi asta tabiat,
Koʻrsatadi sehrini.
Daraxtlar, jonivorlarga,
Beradi u mehrini.
Jonivorlar uygʻoninglar,
Ey daraxt gulingni och.
Tez kunlarda o’lkamga,
Uchib kelar qaldirgʻoch.
Abdulloh Abdillakimov,
2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
8-B sinf o‘quvchisi.