OLMALIQ HAYOTI
Image default
Шеърий саҳифа

Nozu nafosat fasli

Bahorga yarashgan noz-u nafosat,
Bulbul sayrashi-yu qushlar kuylashi.
Iforing atrofga taralar sokin,
Buncha yoqimlisan, ey go’zal bahor.

Men sevgan faslim o’zingsan asli,
Dilim bilgan dilkash, o’zingsan asli.
Chiroyingga dunyo havas qilar,
Buncha yoqimlisan, ey go’zal bahor.

Sen kelganingda, g’am tarqab ketar,
Sen kulganingda, gullar ochilar.
Doshqozonlarda sumalak pishar,
Buncha yoqimlisan, ey go’zal bahor.

Vodiylar burkanar go’zal gullarga,
Bahor kelganidan beradi darak.
Tog’-u dasht aylanar lolazorlarga,
Buncha yoqimlisan, ey go’zal bahor.

Zahro Xikmatova,
2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
6-v sinf o‘quvchisi.

МАВЗУГА ОИД

ОНА ТИЛИМ

admin

ШИФОКОР ҚИЗЛАР

admin

Диёра келди…

admin

ВАТАН УЧУН,МИЛЛАТ УЧУН, ХАЛҚ УЧУН!

admin