Sizday gulni ko‘rdim bu kun,
Sizday jannatim bordir bugun.
Mehringizni ko‘rdim, onajon,
Taftingizni topdim, onajon.
Kipriklaringiz tillodan,
Ko‘zlaringiz marjondan.
Bolam, bolam, bolam deb,
Qayg‘urasiz, onajon.
Har namozda duo qilurman:
“Onajonim sog‘ bo‘lsin”,- deb.
“Akam, ukam, singlimga
Doimo bosh bo‘lsin”,- deb.
Oq yuvib, oq tarab,
Boringizni berasiz.
Bizlar sizga dastyor,
Xizmatingizga tayyor.
Ustoz bizga o‘qitdi,
Ona haqda hikoya.
U yerda ona mehri
Jo‘sh uradi har joyda.
Zarina Abdug‘aniyeva,
15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 6-“D” sinf o‘quvchisi.