Kunlarni hijronga ulagan ayol!
Qalbini mehrga toʻldirgan ayol!
She’riyat mulkining qirolichasi,
Zulfiya, qalbingda nelar yashirin?
Ajin tushirdimi yuzinga hijron?
Toliqtirmoqdami, hayot tashvishi?
Nelarni o’ylaysan, so’lg’in yuzlaring.
Sog’inchni baytlarga asta yashirib.
Derazani oldida o’rik gullasa,
Sog’inch harorati oshardimi, ayt?
O’g’ling katta bo’lib, tog’day suyasa,
Hamid Olimjonni eslarmiding, ayt?
Irodang hammani qoyil qoldirar,
Sabringni metindan qildimi Alloh?!
Farzandga ham ona, ham ota bo’lib,
Ulardan ilhoming olarmiding, ayt?!
Ellik yil beribdi, Allohim senga,
Umringni borini she’ringa berding.
Har bir baytlariga sog’inchni qo’shib,
Sadoqat bobida malaka bo’lding.
Charos Bobomurodova,
7-umumta’lim maktabi 8-sinf o’quvchisi.