Og‘ir yumush qildirmay,
Otamiz yo‘q bildirmay,
To‘g‘ri yuring, jigarlar,
Onamizni kuydirmay.
Onadek mehribon zot,
Ayting, do‘stlar, qayda bor,
Ona bilan yashanglar,
Kimlardir onaga zor.
Qur’onda ham Allohim,
Ota-onani ko‘p eslatdi.
Ularning ko‘nglin oling,
Jannatga qasr soling.
Biz uchun aziz insonsiz,
Ko‘ksimizda nishonsiz.
Onasin yig‘latganlar,
La’nat senga, vijdonsiz.
Jannatim onam deymiz,
Onasiz kabob yeymiz.
Onani och qoldirmang,
Allohga nima deymiz.
Jigarlar, ahil bo‘ling,
Har haftada yig‘iling.
Hammani aziz biling,
Ona bor ochiq yo‘ling.
Onam bo‘lsa uyimda,
Uyim nurga to‘ladi.
O‘xshamagan ishlarim,
Tezda bitib ketadi.
Onasin rozi qilganlar,
Savlat to‘kib turinglar,
Ona duosin olib,
Jannatdan joy olinglar.
G‘ulom Mahmudxon.