Image default
Шеърий саҳифа

YAGONA TIRGAGIM, ONAJONIM, SIZ!

Sabrni neligin anglatgan u zot,
Ne-yaxshi, ne-yomon anglatgan u zot.
Bu yolg‘on dunyoda tanhodir u zot,
Yagona tirgagim onajonim siz.

Doʻstlarim koʻksimga pichoq sanchganda,
Yordam kerak boʻlgan payt yuzin burganda,
Birlashib ortimdan ğiybat qilganda,
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

Dushmanlarim koʻpdir buni bilaman,
Ortimdan gapirar, sezib turaman.
Men ham bandaman-ku, xato qilaman,
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

Tuhmatlar qilishsa chidab turardim,
Lekin nima qilay, men haq boʻlardim.
Oʻksinib — oʻksinib rosa yig‘lardim,
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

Oʻzimni oqlolmay mung‘ayib tursam,
Koʻzimda yosh bilan sizga bir boqsam.
Meni koʻrib og‘rirkan qalbingiz bilsam,
Yagona tirgagim,onajonim, siz.

Bolam, g‘am chekma bu kunlar oʻtar,
Intil lek qoqilma, boshingni koʻtar,
Deya har vaqt meni duolar qilar,
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

Bu hayot oʻtkinchi oʻtar, dedingiz,
Bu g‘amlar bitguvchi bitar, dedingiz,
Bu inson ketguvchi ketar, dedingiz.
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

Nega doim bizni oʻylaysiz,
Kechalari ham tinim bilmaysiz.
Sog‘lig‘ingiz haqida hech qiziqmaysiz,
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

Oʻylangda ozgina oʻzingizni ham,
Oʻylangda ozgina sog‘liğingiz ham.
Aхir keraksiz-ku bizga shu dam,
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

Kecha koʻrdim homush yurgan ekansiz,
Sizni koʻrdim-u yig‘ladim unsiz.
Boshqa yig‘lamang, bizga keraksiz,
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

G‘animlarga-chi isbot qilaman,
Koʻrasiz men hali zoʻr inson boʻlaman.
Inshaalloh, Umraga olib boraman,
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

Bilaman, men sizni koʻp ranjitganman,
Bilaman, men sizni koʻp yiğlatganman.
Lekin хafa boʻlmang, yaxshi koʻraman,
Yagona tirgagim, onajonim, siz.

Dilobar Islomjonova,
20-IDUM «8-B» sinf oʻquvchisi.

МАВЗУГА ОИД

Hamma jam bolib

admin

XOTIRA MUQADDAS!

admin

POSBONLAR

admin

admin