Talabalarning 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Kontrakt narxlari bilan batafsil quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin.


– Stipendiyali to‘lov-kontrakti miqdori amaldagi stipendiya miqdorining oyga ko‘paytirilgan holda qo‘shib hisoblanadi.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq o‘quv yili davomida stipendiya miqdori oshirilganda, bir talabani stipendiyali o‘qitish qiymati miqdori stipendiyaning yangi miqdoridan kelib chiqib o‘quv yili oxirigacha oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.