📜Oʼbekiston Respublikasi “Aholi Bandligi toʼgʼrisida”gi qonunining 13-moddasiga asosan Oʼzbekiston Respublikasida ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilar orqali ishtirok etishi yoʼlga qoʼyilgan.
📝Bunga koʼra, ish oʼrinlarini zaxiraga qoʼyish hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini zaxiraga qoʼyilgan ish oʼrinlariga ishga joylashtirish va boʼsh (vakant) ish oʼrinlari mavjudligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyining oxiridagi holatga koʼra «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etilishi, boʼsh (vakant) ish oʼrinlari mavjudligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar boʼsh (vakant) ish oʼrinlari milliy bazasiga kiritilishi belgilangan.
📋Shuningdek, qonun talablari asosida ish beruvchilar korxonasidagi boʼsh (vakant) ish oʼrinlari mavjudligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar mahalliy mehnat organiga taqdim etishi lozim boʼladi.
❗️Aks holda, yuqoridagi qonun talablarini bajarmaslik Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining
229-moddasiga koʼra, maʼmuriy jarima solinishiga sabab boʼladi ⚖️
🔔Shu sababdan, Hurmatli Olmaliq shahri hududida faoliyat yuritayotgan barcha ish beruvchilar, aholi bandligi soxasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etishinigizni soʼraymiz
Olmaliq shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi