Mamlakatimizda yetishtirilayotgan turli xil meva va sabzavot mahsulotlari bugungi kunda ichki bozorlarimizni to’ldirmoqda. Oxirgi 5 yilda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yillik o’sishi 18 % ni tashkil etadi.
Bu sahifamiz orqali shahrimizning o’tgan yilgi oziq-ovqatlar mahsulotlarini sarhisob qildik.
1.Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari
Toshkent viloyatida 2024- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 40,7 % ni to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilga nisbatan 108,6 % ni tashkil etgan holda 9832,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
2.Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari
Toshkent viloyatida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi 45,6 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aholi ehtiyojlari ishlab chiqarish mahsulotlariga nisbatan o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
3.O‘tgan yil davomida viloyatda 387,3 ming tonna kartoshka yetishtirilgan
2024– yilda viloyatning barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 387,3 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.
Kartoshka yetishtirish 2023- yiliga nisbatan 0,2 % ko‘paygan.
Kartoshka ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmidan 76,2 % i dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
4.Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hajmi
2024- yil yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hajmi 56 317,9 mlrd so‘mni tashkil qildi, shu jumladan, Toshkent viloyatining respublikadagi ulushi umumiy ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 6,9 % ini tashkil qildi. 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,8 % ni tashkil etdi.
- 1 yil mobaynida Olmaliq shahrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi qanchaga yetdi?
2024- yilda Olmaliq shahrida 40,7 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023 yilga nisbatan 104,3 % ni tashkil qildi. Bundan tashqari aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 27,8 mln so‘mga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
- Olmaliq shahrida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2,1 trln so‘mga yaqin qurilish ishlari amalga oshirilgan
2024- yilda Olmaliq shahrida 139 ta qurilish tashkilotlari tomonidan jami 2 560,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Shu jumladan: yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2 083,4 mlrd so‘mlik, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 364,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Norasmiy sektor tomonidan 112,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
7.Olmaliq shahrida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi
2024- yilda Olmaliq shahrida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 267,1 mlrd so‘mga yetdi. 2023 yilga nisbatan 112,1 % ni tashkil qildi. Bunda yirik korxonalar savdo aylanmasi 123,3 mlrd so‘mga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo aylanmasi 143,8 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.
8.Olmaliq shahrida ko‘rsatilgan savdo xizmatlari
2024- yilda Olmaliq shahrida savdo xizmatlari hajmi 837,3 mlrd soʻmni tashkil etdi. Mazkur hududda savdo xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 119,9 % ni, jami savdo xizmatlari hajmidagi ulushi 6,4 % ga to‘g‘ri keldi.
Shuxrat Isaxo’jayev,
shahar Statistika bo’limi boshlig’i.