Soccer Football - FIFA World Cup 2026 - Group K - Portugal v Uzbekistan - Houston Stadium, Houston, Texas, U.S. - June 23, 2026 Portugal's Cristiano Ronaldo scores their first goal REUTERS/Annegret Hilse
AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida eng yirik futbol bayrami qizgʻin davom etyapti. Oʻyinlar sharhi va yangiliklarda esa bir soʻzni tez-tez eshityapmiz: mundial. Bu atama oʻzi qayerdan paydo boʻlgan, asl maʼnosi nima?
Ispan va portugal tillarida bu soʻz jahon miqyosidagi, dunyoga oid degan maʼnoni anglatadi. U lotincha mundus – dunyo soʻzidan kelib chiqqan. Ispaniyaliklar va lotin amerikaliklar futbol boʻyicha jahon chempionatini qisqacha El Mundial deb atashadi.
Ilk bor 1930-yili Urugvaydagi birinchi jahon chempionati afishalarida Campeonato Mundial de Football iborasi ishlatilgan. Vaqt oʻtib, bu soʻz qisqardi va mustaqil atamaga aylandi.
Oʻzbek tiliga bu soʻzni sharhlovchilar olib kirdi. Ular jahon chempionati iborasini qayta-qayta takrorlayvermaslik va nutqqa joziba berish uchun ushbu sinonimdan foydalanishadi.
Siz qaysi atamani koʻproq ishlatasiz?