Image default
Спорт

MAS-RESTLINGDA OʻZBEKISTON BIRINCHI

Olmaliq shahar Markaziy sport oʻyingohi mutlaq vazn toifasida mas-restling sport turi boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.
Bu musobaqada 7ta davlat jumladan, Oʻzbekistan, Mongoliya, Pokiston, Hindiston, Qozogʻiston, Tojikiston davlatlari ishtirok etishdi. Jamoviy ballar boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jadval quyidagicha koʻrinish oldi.
1 – Qirgʻiziston
2 – Oʻzbekiston
3 — Mongoliya

Quvonarlisi, ushbu musobaqada shahrimiz sportchilari ham munosib oʻrinlarni egallashdi. Xususan, 5–maktab Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Shoxista Sodiqova (85kg) 1 — oʻrinni, 23-maktab Jismoniy tarbiya oʻqtuvchisi Durdona Qurbonova (85kg) 3-oʻrinni egallashgan boʻlsa, Gulnoza Rajabova (75kg) 2- oʻringa munosib deb topildi.
Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan bahslarda Qirgʻiziston 1-oʻrin, Oʻzbekiston 2-oʻrin va Mongoliya 3-oʻrinni egalladi.
Shahrimizdagi 5-maktab oʻquvchilaridan D.Rezyapkin (+85kg) va A.Yanchenko(+70kg) 2-oʻrin, K.Vladimirova (70kg), A.Taybulatova(60kg) va A.Nikitina (60kg) 3-oʻrinni egallashdi.
Turnirning tashkil qilinishi va yuqori suratda oʻtishida Oʻzbekiston mass–resling prizidenti Ilgam Kadirov shahar sport boʻlimi alohida jonbozlik koʻrsatishdi.

МАВЗУГА ОИД

МЕССИ ВА РОНАЛДО ЭРТАК ДАВОМ ЭТАДИ

admin

OKMK АЪЗОСИ ОСИЁДА ТЕНГСИЗ

admin

КУТИЛГАН ТУРНИР ВА КУТИЛМАГАН НАТИЖАЛАР

admin

ЎЗБЕК ВУНДЕРКИНДЛАРИ ЖАҲОННИ ЛОЛ ҚОЛДИРИШДИ

admin