
17-umumta’lim maktabi
7-sinf o’quvchisi.
MANGU HILPIRAR
Saidmurod bugun juda band,
Vatanimiz bayrog’in chizar.
Mana shunday bolalar uchun
Bayrog’imiz mangu hilpirar.
Tashqarida sovuq hukmron,
Lekin bir ustun mag’rur turar.
Ustun uchida bizning bayroq
Bayrog’imiz mangu hilpirar.
Kemalarga yo’l ko’rsatar mayoq
Mayoq, bayroq farqin kim bilar?
Bayrog’imiz rangi-moviy, yashil, oq
Bayrog’imiz mangu hilpirar.
Vatanimiz g’oliblar yurti
Talaygina mard chempionlar.
Chet davlat arenalarida
Bayrog’imiz mangu hilpirar.