Image default
Таълим

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganamiz

O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga mana qariyb 30 yil to‘lmoqda. Yurtimiz aholisining bir avlodi kirill yozuvidan, yosh avlod esa lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalanishmoqda. Ammo, shuncha vaqt o‘tibdi-ki, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tib ketolmayapmiz. Buning uchun kimnidir aybdor sanamoqchi emasman, lekin lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishga qariyib 30 yil yetarli vaqt deb hisoblayman. 2021-yil 22-fevralda Toshkent viloyati hokimining “Viloyatda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab “Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish” belgilangan. Gazeta obunachilarining talab va istaklaridan kelib chiqib, tahririyat a’zolari bilan birgalikda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganamiz” burchagini tashkil qilishga qaror qildik. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 29 harf va bitta tutuq belgisi (’)dan iborat bo‘lib, shundan, unli harflar soni 6 ta, undosh harflar soni 23 tani tashkil qiladi.

M.Shanayev,
shahar hokimining
Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi.

МАВЗУГА ОИД

Хотира азиз, қадр муқаддас!

admin

ўқИТУВЧИЛИК – ўРГАТИШ ДЕМАК, ўРГАТИШ УЧУН ўРГАНМОқ КЕРАК

admin

БУЮК АЖДОДЛАРИМИЗГА ЭХТИРОМ

admin

ҒАЛВИР СУВДАН КЎТАРИЛДИ

admin