Image default
Таълим

SHAHARLARARO OLIMPIADA

Mental arifmetika fani bo’yicha kuni kecha shahrimizda O’zbekiston intelektual federatsiyasi Olmaliq shahar kengashi raisi Feruza Kuchkarova tashabbusi bilan 22-, 23-, 8-maktablar va Ohangaron tumani o’quvchilari mental arifmetika fani bo’yicha kuch sinashdilar.
Ushbu olimpiadada kuchli trenerlardan Dilnoza Babasheva, Ozoda Ubaydullayeva, Ulmanoy Badalova, Marxabo Axmadaliyeva, Feruza Kuchkarovalarning xizmatlari beqiyos. Ular butun bor bilimlarini shu o’quvchilarga berib kelmoqda. Ohangaron tumanidan kelgan trenerlar ham o’z o’quvchilarini sinovdan o’tqazishdi. Olimpiadada o’quvchilar 7 daqiqa ichida 120 ta misollarni abakusda tez yechishib rekord natijalarini qayd etishdi.Olimpiada yakunida o’quvchilar oliy o’rinlarni egallashdilar va maxsus sertifikat va medallar, sovg’alar bilan taqdirlanishdi. O’quvchilarimiz shahar olimpiadasida faxrli o’rinlarni egallashdilar. O’quvchilarimizning ustozlariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bilimdon o’quvchilarimiz bilan faxrlanamiz.

Feruza Kuchkarova,
O’ZIT Olmaliq shahar kengashi raisi.

МАВЗУГА ОИД

ГЕРМАНИЯ БИЛАН ХАЛҚАРО ҲАМКОРЛИК

admin

ИПАК ЙЎЛИ ИННОВАЦИЯЛАР университети

admin

100 МИЛЛИОН + 250 МИЛЛИОН СЎМ МАБЛАҒ ҒОЛИБИ БЎЛГАН ЖАМОАНИНГ СИРИ НИМАДА?

admin

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganamiz

admin