Endigina o’n yettiga kirgandi,
O’n sakkizga kiraman deb turgandi.
Axir mening yuragimdan urgandi,
Qoldim sovchi qo’yishga ham ulgurmay,
Shoshqaloq qiz erga tegdi bildirmay.
Maktabda eng a’lochiman der edi,
Oliygohga kirmoqchiman der edi.
O’qib rassom bo’lmoqchiman der edi,
Qoldim sovchi qo’yishga ham ulgurmay,
Bevafo qiz erga tegdi bildirmay.
Aytib qo’ysa bo’lardi-ku bir og’iz,
Yo onasi majburlagan yalmog’iz.
Ketdi armon rasmin chizib rassom qiz,
Qoldim sovchi qo’yishga ham ulgurmay,
Yolg’onchi qiz erga tegdi bildirmay.
Bir oygina borib keldim shaharga,
Kutgandayin ketishimni safarga.
Ishonmadim boshida bu gaplarga,
Qoldim sovchi qo’yishga ham ulgurmay,
Aldoqchi qiz erga tegdi bildirmay.
Edi, ko’cha, supirishdan erinmas.
Endi o’tsam ko’chasidan ko’rinmas.
Bermay ketdi yuragimdan olib qarz,
Qoldim sovchi qo’yishga ham ulgurmay,
Shoshqaloq qiz erga tegdi bildirmay.
Sodiq YO’LDOSHEV