Image default
Шеърий саҳифа

Ustozlarim

Qalbimning qo’rida sizgadir kalom
Mehribon ustozlar salom, assalom.
Sog’inchim yetaklar faqat siz tomon
Bizlarni suyguvchi, sizlarsiz mudom.

Bugun shodliklarim yetar samoga
Bugun bayramingiz,qutlayman dildan.
Masofa bo’lsa-da biroz olisdek
Tabrigim yo’llayman sizga ko’ngildan.

Baxtimiz bog’ida ungan chechaklar
Poyingiz nurlarga, gullarga to’lsin.
Vatanning ishonchi, g’ururi sizlar,
Yuzingiz doimo quvonchdan kulsin.

Aziz ustozlarim, sizga ming ta’zim,
Qabul aylang Shaxnoz qutlaydi sizni.
Bir tilak, bir istak aytayin yana
Baxtiyor kunlarda unutmang bizni.

Shaxnoza Mirxalilova

МАВЗУГА ОИД

ONAJON!

admin

QALBIMNING QO’RISAN…

admin

VATANPARVAR

admin

Шеърият шайдолари

admin