Image default
Таълим

LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI O‘RGANAMIZ BURCHAGI

Ba’zi harflarning kirill yozuvidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishida oddiy o‘quvchi uchun farqlarni ko‘rib chiqishni boshlagan edik. Bugungi sonimizda sizlar bilan birgalikda kirill alifbosidagi “Ээ”, “Еe” va “Шш” harflarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilish holatlarini ko‘rib chiqsak. Kirill alifbosidagi “э” harfi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilganda “e” ko‘rinishida yoziladi va o‘qiladi.
Kirill alifbosidagi “е” harfi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilganda “ye” harf birikmasi ko‘rinishida yoziladi va o‘qiladi, lekin, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida alohida harf sifatida mavjud emas. “E” harfi so‘z boshida kelsa lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilganda “ye” deb yoziladi va o‘qiladi (masalan; елкан-yelkan, етук-yetuk).
“E” harfi so‘z orasida kelsa lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilganda “e” (kirill alifbosidagi “э” tovushi) deb yoziladi va o‘qiladi (masalan; терак-terak, шер-sher).
Istisnoli holatlarda kirill alifbosidagi “e” harfi unli harfdan keyin so‘z orasida kelsa, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilganda “ye” tarzida yoziladi va o‘qiladi (masalan; поезд-poyezd, қаерда-qayerda).
Kirill alifbosidagi “ш” harfi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “sh” harf birikmasi ko‘rinishida yoziladi va o‘qiladi.
“Sh” harf birikmasi ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga ’ tutuq belgisi qo‘yiladi (masalan: is’hoq, as’hob)
Unutmang, 2021 yil 22 fevralda Toshkent viloyati hokimining “Viloyatda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab “Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish” belgilangan.

M.Shanayev,
shahar hokimining
Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi.

МАВЗУГА ОИД

ЎҚИТУВЧИЛАРНИНГ ОЙЛИГИНИ ЭМАС, САВИЯСИНИ ОШИРИШ КЕРАК

admin

“ҚАНЧА ЎҚИГАНИМ САРИ ШУНЧА БИЛМАСЛИГИМНИ БИЛЯПМАН”

admin

ОЛИЙГОҲ АХБОРОТ РЕСУРС МАРКАЗИ34524 ДОНА КИТОБФОНДИГА ЭГА

admin

«БОЛА БОШИДАН…»

admin