Image default
Шеърий саҳифа

Qalb me’morlari

Me’mor ishi og’ir mashaqqat.
Ko’z ilg’amas jilolar mavjud.
Ustoz mehri oliy mahorat,
Ko’z ilg’amas nolalar bunyod.

Bola qalbi qog’ozdek oppoq,
Neki yozsang shuni ko’rasan.
Me’mor chekkan mashaqqat ila,
Bola qalbin jilolar ustoz.

Sizga ta’zim sizga olqishlar
Qalb me’mori — aziz ustozlar
Yillar o’tib farzand ulg’ayar.
Qalblarida jo’shqin so’z orzu.
Ona xalqin olqishin olar.
Har sohada quchib dunyoni.

Dunyo quchgan farzand ko’p bo’lsin,
Vatan osmonida zo’r burgut bo’lsin.
Ustozlarin qalbin yashnatib ,
Vataniga zo’r tirgak bo’lsin.
Sizga ta’zim sizga olqishlar
Qalb me’mori — aziz ustozlar

Gulsinoy Qobilova,
12- maktabning
ona tili va adabiyot o’qituvchisi.

МАВЗУГА ОИД

«OLIM BO’LIB FIKRLANG»

admin

Mehri ummonim

admin

Yuksaklarda tursin hilpirab

admin

Уйғонмасак, уялгаймиз

admin