Image default
Таълим

IELTS — orzular kaliti

IELTS oʻzi nima? IELTS — International English Language Testing System, oʻzbek tiliga tarjima qilsak, ingliz tili darajangizni aniqlab beruvchi test. Oʻzbekistonda IELTSni 2 ta tashkilotda topshirishingiz mumkin. Bular IDP va BRITISH COUNCIL IELTS. Siz IELTS topshirish orqali ingliz tilidan 4ta koʻnikmangizni tekshirib olishingiz mumkin. Bular «listening» — eshitib tushinish, «reading» oʻqib tushinish, «speaking» — soʻzlash, «writing» — insho yozish. IELTSda ingliz tilini bilish darajangiz 0 dan 9gacha boʻlgan shkalada aniqlanadi.

Xoʻsh, IELTS oʻzi nima uchun kerak? IELTS juda ham koʻp imkoniyatlar taqdim etadi. Agar siz IELTS da yaxshi natija qayd etgan boʻlsangiz, sizda chet davlatlardagi top universitetlarga 100 foiz grand yutib olish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Shu jumladan sizda VISA olish imkoniyati ham yuqori boʻladi. Bundan tashqari kompaniyalarga ham sizni ishga taklif qilishadi.

Jonajon shahrimizda ham IELTS sertifikatiga ega boʻlayotgan, chet davlatdagi universitetlarga grand asosida oʻqishga qabul qilinayotgan oʻquvchilar yildan yilga koʻpayib borayotganligi albatta quvonarli. IELTS sertifikatiga oʻquvchilarni tayyorlab, eng yuqori natijalarni ko’rsatayotgan, hozirda shahrimizda peshqadamlik qilayotgan oʻquv markaz asoschisi, 8,5 IELTS sertificatiga ega boʻlgan N.Nazimovni mehnatini alohida ta’kidlab o’tish joiz.

Men bejizga IELTS sertifikati haqida gapirmadim, yangi yildan aniq maqsadlar ila orzularingiz qatoriga til o’rganishni va dunyo kezishni ham qo’shing. Tilni bilgan, ilmni mukammal egallagan insonning orzulari ham osmon qadardir.

Ruxshona Muslimova,

9-maktab 9-sinf oʻquvchisi.

МАВЗУГА ОИД

LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI O‘RGANAMIZ BURCHAGI

admin

АБИТУРИЕНТЛАР, БОРМИСИЗ, ОМОНМИСИЗ?

admin

Хотира азиз, қадр муқаддас!

admin

КЕЛАЖАК ЭГАЛАРИ ЁХУД «ОЛТИН МЕДАЛ» СОҲИБЛАРИ ҲОЗИР ҚАЕРДА?

admin