OLMALIQ HAYOTI
Image default
Шеърий саҳифа

Harbiylarga

Yarashgan libosi
O’ziga monand,
Harbiylik sharafi
Alpdir bu qomat.
Qadamlar dadil,
Maqsaddir yakka.
Yakkadir sevgisi
Ona Vatanga.
Shahdam oyoqlardan,
Titraganda yer.
Burgut nigohidan,
Qo‘rqqanda kalxat.
Vatan alplaridan,
Ko’ksi mag’rur el.
Duo qilar o‘g‘lonin,
Hamisha har vaqt.
Ko‘rdim, sizlarda
Sadoqat aslin.
Qalqon ko‘ksingizda
Shijoat aslin.
Davomchilari siz
Temuriy naslin.
Qahramoni siz
Saodat asrin.

Saodat Bekjanova.

МАВЗУГА ОИД

ONAM, POYINGIZ JANNAT

admin

Уйғонмасак, уялгаймиз

admin

Шеърият шайдолари

admin

Ziyo ulashuvchi charog‘bonlarim

admin