OLMALIQ HAYOTI
Image default
Шеърий саҳифа

Otajon

Bu dunyoda suyanchim,
Ishonchim bor tayanchim,
Mehribonim, quvonchim,
Otajonim bor mening.
Har bir soʻzi qonundir,
Tomirdagi qonimdur,
Tanamdagi jonimdur,
Otajonim bor mening
Kecha-kunduz mehnatda,
Bizlar uchun zahmatda,
Vatan uchun xizmatda,
Otajonim bor mening.
Oilamiz baxtiga,
Otajonim sogʻ boʻling.
Onam bilan doimo,
Xushchaqchaq kulib yuring.

Shabnamxon
Fayzimurodova.

МАВЗУГА ОИД

Onajonim

admin

O’ZBEGIM BAYROG’I BARIDAN GO’ZAL

admin

VATAN HIMOYACHILARI

admin

Munisim

admin